Ushbu qo‘llanmada DNS hostingda subdomenni qanday qo‘shish mumkinligi bilan tanishasiz.
Shaxsiy kabinetda "Mening domenlarim" bo‘limiga o‘ting. Ochilgan oynada subdomen qo‘shmoqchi bo‘lgan domenni tanlang va "Boshqarish" tugmasini bosing.
1) "DNS hosting" bo‘limini tanlang, so‘ng "DNS-menedjer" ochiladi. "Редактор зон" bo‘limida "Add Record" tugmasini bosing.
2) Ochilgan menyuda quyidagi maydonlarni to‘ldiring:
- 2.1) Name: bu yerda subdomen nomini nuqtasiz kiriting.
- 2.2) Type: A yozuvini tanlang.
- 2.3) TTL: qiymatini o‘zgartirmasdan qoldiring.
- 2.4) RDATA: subdomen serverining IP manzilini kiriting.
3) "Add Record" tugmasini bosing.
4) "Save Changes" tugmasini bosing.