Ushbu qo‘llanmada domen uchun Nom-serverlarini qanday qo‘shish yoki o‘zgartirish mumkinligi bilan tanishasiz.
1. Shaxsiy kabinetda "Mening domenlarim" - “Domenlar ro’yxati” bo‘limiga o‘ting.
2. Ochilgan oynada, Nom-serverlar yozuvini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan domenni tanlang va "Boshqarish" tugmasini bosing.
3. Nom-serverlar bo‘limini tanlang va "Oʻzingizning nom serverlaringizdan foydalanish" katagiga belgi qo‘ying.
4. Ochilgan oynada quyidagi amallarni bajaring:
- Barcha mavjud NS yozuvlarini o‘chirib tashlang.
- O‘zingizning yangi NS yozuvlaringizni kiriting.
5. "O‘zgarishlarni saqlash" tugmasini bosing.
Eslatma: Provayderlarda DNS-ezuvlar yangilashini 2 soatdan 72 soatgacha vakt talab e'tadi. Odatda DNS-ezuvlar barcha internet provayderlarda 24 soat ichida yangilanadi.
Video qo‘llanma: